locale OZ

«Real Madrid» Niko Shlotterbekka xaridor boʻlmoqda

Transfer narxi 50-60 million yevro boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
«Real Madrid» Niko Shlotterbekka xaridor boʻlmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi Dortmundning «Borussiya» jamoasi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekka qiziqish bildirmoqda. Nemis futbolchisining nomzodi «qirollik klubi» bosh murabbiyligiga tayinlanishga yaqin turgan Joze Mourinyuga ham maʼqul kelmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Manbaning maʼlum qilishicha, «qaymoqranglilar» faoliyatini «Real» safida davom ettirishni istayotgan 26 yoshli oʻyinchi uchun «asalarilar»ga rasmiy taklif tayyorlamoqda. Ushbu transfer summasi bonuslarni hisobga olmaganda 50-60 million yevroni tashkil qilishi mumkinligi taʼkidlanmoqda.

Yakunlangan mavsumda Shlotterbek barcha turnirlar doirasida 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portali taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, himoyachining ayni damdagi bozor bahosi 55 million yevroni tashkil etadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting