«Real Madrid» Mourinyu uchun «Benfika» endi 7 mln emas, 15 mln toʻlashga majbur
Madridning «Real» klubi prezidentlik saylovlari o‘tkazilayotgani sababli «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyoning shartnomasidagi 7 million yevrolik tovon pulini faollashtirishga ulgurmadi. «Qaymoqranglilar» ushbu banddan 26 may, seshanba kuniga qadar foydalanishlari mumkin edi.
RTP nashrining xabar berishicha, endilikda «Qirollik klubi» portugaliyalik mutaxassis uchun 15 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay, «Real» Joze Mourinyuning Madridga qaytishini hal bo‘lgan masala deb hisoblashmoqda.
O‘z navbatida, «Benfika» rahbariyati ham Mourinyuning o‘rniga yangi nomzod qidirishni boshlab yuborgan. Lissabonliklar jamoani ayni paytda Angliyaning «Fulhem» klubini boshqarayotgan Marku Silva qo‘liga topshirmoqchi. «Benfika» prezidenti Ruy Koshta portugaliyalik mutaxassisni tumanli albionni tark etib, vataniga qaytishga ko‘ndirish uchun bor kuchini ishga solmoqda.
Ma’lumot uchun, Joze Mourinyu muqaddam 2010 yildan 2013 yilga qadar «Real Madrid»ni boshqargan va klub bilan Ispaniya chempionligi, Qirol kubogi hamda mamlakat Superkubogida g‘alaba qozongan edi. Uning Madridga ehtimoliy qaytishi yaqin kunlarda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.