\"Real Madrid\" Maykl Olise transferi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi
"Real Madrid" rahbariyati "Bavariya" vingeri Maykl Olise transferi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Madrid klubi hozircha Olise bo‘yicha na futbolchi, na uning agentlari va na "Bavariya" bilan hech qanday muzokara olib bormagan. Klub ichida bu transfer hozirgi paytda kun tartibida emasligi ta'kidlanmoqda.
Shu bilan birga, Olise "Real Madrid"ning uzoq muddatli kuzatuv ro‘yxatida qolmoqda. Biroq "qirollik klubi" yaqin vaqt ichida ushbu transfer uchun rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmayapti.
O‘z navbatida, "Bavariya" ham fransiyalik futbolchini sotishni istamayapti. Myunxen klubi Oliseni jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblamoqda va unga keladigan har qanday taklifni rad etishga tayyorligini bildirgan.
Shunday qilib, Maykl Olisening "Real Madrid"ga ehtimoliy transferi haqidagi xabarlar hozircha faqat mish-mishlar darajasida qolmoqda. Madrid klubi vaziyatni kuzatishda davom etsa-da, ayni paytda bu borada amaliy qadam tashlash niyatida emas.