locale OZ

«Real Madrid» Maykl Olise borasidagi mish-mishlarni rad etdi

Avvalroq fransiyalik hujumchi «Qirollik klubi» safiga oʻtishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real Madrid» Maykl Olise borasidagi mish-mishlarni rad etdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Bavariya»ning qanot hujumchisi Maykl Olisening ehtimoliy transferi atrofida tarqalgan xabarlar fonida rasmiy bayonot berdi.

«Turli ommaviy axborot vositalarida klubimizning «Bavariya» futbolchisi Maykl Olistga bo‘lgan qiziqishi haqida tarqalgan xabarlarga javoban, «Real Madrid» yuqorida nomi tilga olingan o‘yinchi, uning vakillari yoki uning atrofidagi biror bir shaxs bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosta aloqaga chiqmaganini ma’lum qiladi.

Shuningdek, «Real» uzoq yillik o‘zaro hurmat, hamkorlik va e’tirofga asoslangan «Bavariya» klubi bilan o‘rtasidagi ajoyib institutsional munosabatlarni alohida ta’kidlaydi va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan bunday asossiz mish-mishlar tarqalganidan afsusda ekanini bildiradi.

Har ikki klub munosabatlari doimo ishonch va o‘zaro hurmat tamoyillariga tayanib kelgan. Bu, eng avvalo, boshqa klubga tegishli bo‘lgan futbolchiga nisbatan har qanday ehtimoliy qiziqish, dastlab klublarning o‘zi o‘rtasida, tarixan «Bavariya» va «Real» aloqalarini tartibga solib kelgan institutsional sodiqlik qoidalariga muvofiq hal qilinishi kerak degan umumiy ishonchda aks etadi», — deyiladi madridliklar rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real»ning fransiyalik vingerga qiziqayotgani haqida insayder Fabrisio Romano, shuningdek, Marca, Mundo Deportivo va AS kabi nufuzli nashrlar xabar tarqatgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting