locale OZ

\"Real Madrid\" Mastantuononi \"River Pleyt\"ga qaytarishni istamayapti

Franko Mastantuono 2025-yilda "River Pleyt"dan "Real Madrid" safiga kelib qo‘shilgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real Madrid" Mastantuononi "River Pleyt"ga qaytarishni istamayapti
Foto: Getty Images

Madridning "Real" klubi argentinalik iqtidor egasi Franko Mastantuononi ijara asosida sobiq jamoasi "River Pleyt"ga qaytarish niyatida emas. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "River Pleyt" 18 yoshli futbolchini bir mavsumga ijaraga olish uchun muzokaralarni boshlab yuborgan. Biroq "qirollik klubi" rahbariyati yosh yarim himoyachining rivojlanishini Yevropa futbolida davom ettirishni ma'qul ko‘rmoqda va shu sababli uni Janubiy Amerikaga qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Qayd etilishicha, "Real Madrid" futbolchini faqat Yevropadagi klubga ijara asosida qo‘yib yuborishga tayyor. Hozirda A Seriyaning bir nechta jamoalari, jumladan, "Fiorentina", "Roma" va "Milan" Mastantuonoga qiziqish bildirmoqda. Madrid klubi esa ijara shartnomasiga futbolchini sotib olish bandi kiritilishiga mutlaqo qarshi.

Eslatib o‘tamiz, Franko Mastantuono 2025-yilda "River Pleyt"dan "Real Madrid" safiga kelib qo‘shilgan edi. Klub yosh futbolchini jamoaning uzoq muddatli loyihasining muhim qismi deb hisoblamoqda va unga muntazam o‘yin amaliyoti berish uchun ijara variantini ko‘rib chiqmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting