“Real Madrid” Mastantuononi ijaradan muddatidan oldin qaytarishi mumkin
“Real Madrid” “Fiorentina”da ijara asosida to‘p surayotgan Franko Mastantuononi muddatidan oldin ortga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Fichajes ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi 19 yoshli futbolchining Florensiyadagi holatini diqqat bilan kuzatmoqda.
Mastantuono mavsum boshida Fabio Grosso qo‘l ostida A Seriyadagi dastlabki uchta uchrashuvning barchasini asosiy tarkibda boshlagan. Biroq “Fiorentina” bosh murabbiyligiga Paolo Vanoli kelgach, argentinalik futbolchining jamoadagi maqomi o‘zgarishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, agar Vanoli Mastantuonoga yetarlicha o‘yin amaliyoti bermasa, “Real Madrid” uning ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish variantini ko‘rib chiqadi. Klub yosh futbolchining rivojlanishi uchun muntazam maydonga tushishini muhim deb hisoblamoqda.
Ma’lumot uchun, Mastantuono joriy mavsum “Fiorentina” safida barcha musobaqalarda 5 ta uchrashuvda 3 ta gol urishga ulgurgan. Uning ijara kelishuvida sotib olish huquqi ko‘zda tutilmagan.