locale OZ

“Real Madrid”, “Manchester Yunayted” va yana uch grand “Bavariya” himoyachisiga qiziqmoqda

Hozircha klublardan birortasi rasmiy taklif bilan chiqqani haqida ma’lumot yo‘q.
“Real Madrid”, “Manchester Yunayted” va yana uch grand “Bavariya” himoyachisiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

“Bavariya” himoyachisi Yosip Stanishich Yevropaning bir qator top-klublari e’tiboriga tushdi. Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli xorvatiyalik futbolchiga birdaniga beshta yirik klub qiziqish bildirmoqda.

Stanishich uchun kurashda “Real Madrid”, “Manchester Yunayted”, “Arsenal”, “Liverpul” va PSJ bor. Hozircha klublardan birortasi rasmiy taklif bilan chiqqani haqida ma’lumot yo‘q.

“Bavariya” o‘z futbolchisini arzon narxda qo‘yib yubormoqchi emas. Myunxen klubi himoyachining transferi uchun 55–65 million yevro talab qilishi mumkin. Stanishichning amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Stanishich o‘tgan mavsum Bundesliga doirasida 26 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting