“Real Madrid” Kurtua bilan shartnomani uzaytirmoqchi
“Real Madrid” darvozaboni Tibo Kurtuaning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi. Madrid klubi 34 yoshli belgiyalik futbolchi bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda COPE jurnalisti Migel Anxel Dias ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, yaqin haftalarda “Real” vakillari Kurtuaning vakillari bilan uchrashib, yangi kelishuv shartlarini muhokama qiladi. Darvozabonning amaldagi shartnomasi 2026/27-yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi, klub esa uni 2028-yilgacha uzaytirishni istamoqda.
Kurtua 2018-yilda “Chelsi”dan “Real Madrid”ga o‘tgan. Belgiyalik darvozabon shu vaqtga qadar madridliklar safida 338 ta uchrashuv o‘tkazib, 329 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Ma’lumot uchun, Kurtua Chempionlar ligasining “Inter”ga qarshi dastlabki turida ham “Real”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasida muhim rol o‘ynadi. U uchrashuv davomida bir nechta xavfli zarbalarni qaytarib, jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi.