locale OZ

«Real Madrid» Konate transferidan keyin ham Gvardiol variantini istisno qilmayapti

Xorvatiyalik futbolchining «Man Siti» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real Madrid» Konate transferidan keyin ham Gvardiol variantini istisno qilmayapti
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Liverpul» sobiq futbolchisi Ibraima Konate bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, «Manchester Siti» markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiolni sotib olish variantini istisno qilmayapti. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, agar Florentino Peres prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Ispaniya grandi xorvatiyalik futbolchini sotib olishi mumkin. Gvardiolning o‘zi ham «Real»da o‘ynashni xohlaydi, biroq «Manchester Siti» 24 yoshli himoyachini sotishni istamayapti. Ta’kidlanishicha, «qaymoqranglilar» futbolchini o‘ta yuqori narxga sotib olishmoqchi emas.

Gvardiol «shaharliklar» safida 2023 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting