locale OZ

«Real Madrid» Joze Mourinyu uchun «Benfika»ga 15 million yevro tovon puli toʻladi

Portugaliyalik mutaxassis faoliyatini yana La Ligada davom ettirishga yaqin turibdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
«Real Madrid» Joze Mourinyu uchun «Benfika»ga 15 million yevro tovon puli toʻladi
FOTO: Getty Images

«Benfika» klubi oʻzining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Madridning «Real» klubi bosh murabbiy Joze Mourinyu bilan amaldagi shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun 15 million yevro tovon puli toʻlaganini maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, portugaliyalik mutaxassis ushbu hamkorlikni toʻxtatishga rozilik bergan.

«Rahmat, Joze Mourinyu», — deyiladi Lissabon klubi eʼlon qilgan qisqa bayonotda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Mourinyu «qaymoqranglilar» bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2028 yilga qadar bitim imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Murabbiyning «Real»dagi yillik maoshi taxminan 7-8 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda.

63 yoshli mutaxassis 2025 yilning sentyabr oyidan buyon «Benfika»ni boshqarib kelayotgan edi. Uning qoʻl ostida jamoa barcha turnirlar doirasida 45 ta oʻyinda maydonga tushib, 27 bor gʻalaba qozondi, 10 marta durang oʻynadi va sakkizta uchrashuvda magʻlubiyat alamini tatidi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting