locale OZ

“Real Madrid” Holandni sotib olmoqchi

Madrid klubi norvegiyalik futbolchini 2027-yil yozida transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” Holandni sotib olmoqchi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Xose Feliks Dias ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi norvegiyalik futbolchini 2027-yil yozida transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real” Holandning shartnomasida tovon puli bandi mavjud deb hisoblamoqda va aynan shu band transferni amalga oshirish imkonini berishi mumkin. Biroq “Manchester Siti” vakillari futbolchining amaldagi kelishuvida bunday band borligini rad etmoqda.

26 yoshli hujumchi joriy mavsumni ham sermahsul boshladi. Holand “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 5 ta o‘yinda 5 ta gol urgan. Chempionlar Ligasining “Portu”ga qarshi uchrashuvida esa u dubl qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Holandning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2034-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uni 220 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting