locale OZ

«Real Madrid» Gvardiolaning ketishi ortidan Holandni sotib olmoqchi

Norvegiyalik hujumchi jamoadagi rolidan norozi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real Madrid» Gvardiolaning ketishi ortidan Holandni sotib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ispaniya klubi Pep Gvardiola ingliz jamoasini tark etganidan keyin norvegiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun harakatlarini faollashtirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» rahbariyati dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri faoliyatida o‘zgarish qilish haqida o‘ylayotganining har qanday belgisidan unumli foydalanishga tayyor.

Ma’lum qilinishicha, Gvardiolaning ketishi rasman e’lon qilinishidan avval ham Holand jamoadagi o‘z rolidan norozi ekanligini bildirgan. Biroq har qanday ehtimoliy kelishuv nihoyatda murakkab kechishi aniq. Boisi norvegiyalik hujumchi 2025 yilning yanvar oyida «Manchester Siti» bilan 2034 yilgacha mo‘ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi.

Shunga qaramay, Ispaniyadagi manbalar murabbiy almashishi futbolchining kelajakdagi rejalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin deb hisoblamoqda. Agar Holand «Manchester Siti»ni tark etishga qaror qilsa, «Real» unga har tomonlama manfaatli shartlar taklif qilishga tayyor.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting