“Real Madrid” futbolchisi mast holda mashina boshqargani uchun jazolandi
“Real Madrid” himoyachisi Raul Asensio mast holda avtomobil boshqargani uchun katta miqdorda jarimaga tortildi va haydovchilik huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda Canarias 7 xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, avgust oyida 23 yoshli futbolchi Porsche avtomobilini mast holda boshqarayotgan paytda ushlangan. Tekshiruvda uning organizmidagi alkogol miqdori Ispaniyada ruxsat etilgan me’yordan qariyb to‘rt baravar yuqori ekani aniqlangan.
Sud Asensioga 14 400 yevro jarima belgiladi. Bundan tashqari, “Real” himoyachisi 8 oy muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilindi.
Ma’lumot uchun, Asensio yangi mavsumda hali biror uchrashuvda maydonga tushmadi — futbolchi jarohatidan tiklanishni davom ettirmoqda. Uning “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan.