locale OZ

“Real Madrid” futbolchilariga Kubok finalidan so‘ng joriy etilgan jazo muddatlari ma’lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” futbolchilariga Kubok finalidan so‘ng joriy etilgan jazo muddatlari ma’lum bo‘ldi
“Real Madrid” futbolchilariga Kubok finalidan so‘ng joriy etilgan jazo muddatlari ma’lum bo‘ldi

Ispaniya Kubogi finalida “Barselona”ga qarshi o‘yin (2:3) yakunida “Real Madrid” jamoasining uch nafar futbolchisi maydondan chetlatilgan edi. Ular – Antonio Rüdiger, Lukas Vaskes va Jude Bellingham.

Cope nashrining yozishicha, Rüdiger o‘zini o‘ta tajovuzkor tutgani sababli olti o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Vaskes esa ikki uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

Jude Bellinghamning holati videotaqrordan so‘ng ko‘rib chiqildi va Ispaniya futbol federatsiyasi unga berilgan qizil kartochkani bekor qildi. Shu bois, ingliz yarimhimoyachisi jazodan qutulib qoldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting