locale OZ

\"Real Madrid\" futbolchilari Jahon chempionatlari tarixida rekord o‘rnatishdi

Madridliklar mundialda kiritgan gollari soni 100 taga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real Madrid" futbolchilari Jahon chempionatlari tarixida rekord o‘rnatishdi
FOTO: Getty Images

Angliya terma jamoasi hamda Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem JCh-2026 turnirining 3-o‘rini uchun kechgan Fransiya (6:4) bilan o‘yinda o‘z nomini tabloya yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, "qirollik klubi" futbolchilari tomonidan Jahon chempionatlari tarixida kiritilgan gollar soni 100 taga yetdi va bu mutloq rekord hisoblanadi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi OptaJoe sahifasi xabar bermoqda.

Mazkur bahsda "Real" a’zolaridan, shuningdek, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U o‘yinda o‘z hisobiga dubl rasmiylashtirdi.

Etiborli jihati, Angliya milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Umumiy hisobda esa bu inglizlar uchun dunyo birinchiliklaridagi ikkinchi medal bo‘ldi — 1966-yili Angliya o‘z uyidagi turnirda oltin medallarga ega chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Hal qiluvchi bahs bugun, 19-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting