locale OZ

«Real Madrid» Enso Fernandes transferi uchun 120 million yevro sarflashga tayyor

Argentinalik futbolchi jamoasini oʻzgartirishga qarshi emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real Madrid» Enso Fernandes transferi uchun 120 million yevro sarflashga tayyor
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi 2023 yilda yarimhimoyachi Enso Fernandesning transferi uchun sarflangan 120 million yevro miqdoridagi investitsiyani to‘liq qaytarib olishni maqsad qilgan. Ayni paytda 25 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgan Madridning «Real» klubi ushbu mablag‘ni to‘lab berishga tayyorligini bildirmoqda. Biroq, «qirollik klubi» mazkur bitimni moliyalashtirish uchun amaldagi tarkibdagi ayrim o‘yinchilarni sotishga majbur bo‘ladi. Bu haqda TyC Sports nashri ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, agar 2022 yilgi jahon chempioni Madrid safiga o‘tadigan bo‘lsa, uning qadrdon klubi — «River Pleyt» ham ushbu transferdan qariyb 5 million yevro miqdorida ulush oladi. Marca nashrining xabar berishicha, Fernandesning Angliyani tark etish istagiga sportdan tashqari omillar ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, Buyuk Britaniyadagi noqulay ob-havo sharoiti va quyosh nurining yetishmasligi futbolchining qaroriga sabab bo‘lgan. Argentinalik yarimhimoyachi o‘zi o‘rgangan iliqroq iqlimda to‘p surishni afzal ko‘rmoqda.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Enso Fernandes joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 6 ta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining «aristokratlar» bilan amaldagi mehnat kelishuvi 2032 yilning yoziga qadar imzolangan bo‘lib, Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting