locale OZ

\"Real Madrid\" Diomande transferini hafta oxirigacha yakunlamoqchi

Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real Madrid" Diomande transferini hafta oxirigacha yakunlamoqchi
Foto: Getty Images

"Real Madrid" yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan Yan Diomandeni imkon qadar tezroq o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, "qirollik klubi" transferni hafta oxirigacha yakunlash ustida ishlamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Hozirda asosiy muzokaralar "RB Leypsig" bilan transfer summasi va bonuslar yuzasidan davom etmoqda.

"Real Madrid" rahbariyati yangi mavsum oldidan tarkibni imkon qadar erta shakllantirishni istamoqda. Shu sababli klub Diomande bo‘yicha muzokaralarni cho‘zmasdan, yaqin kunlarda yakunlashni maqsad qilgan. Agar tomonlar moliyaviy masalalarda kelishuvga erishsa, futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Madridga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli ivuarlik qanot hujumchisiga avvalroq "Liverpul" va PSJ ham qiziqish bildirgan edi. Biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi faoliyatini aynan "Real Madrid"da davom ettirishni istamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting