locale OZ

“Real Madrid” “Betis”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasini e’lon qildi

Joze Mourinyu mazkur bahsga 23 nafar futbolchini jalb qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” “Betis”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasini e’lon qildi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” La Liganing 4-turidan o‘rin olgan “Betis”ga qarshi safar uchrashuvi uchun qaydnomasini e’lon qildi. Joze Mourinyu mazkur bahsga 23 nafar futbolchini jalb qilgan.

Qaydnomadan Tibo Kurtua, Jud Bellingem, Federiko Valverde, Vinisius Junior, Kilian Mbappe kabi yetakchilar joy olgan. Shuningdek, 31-avgust kuni “Rasing”dan transfer qilingan 19 yoshli Serxio Martines ham ilk bor asosiy jamoa qaydnomasiga kiritildi.

Jarohat sabab Raul Asensio, Eder Militao, Ferlan Mendi, Tyago Pitarch, Rodrigo, Endrik va Orelyen Tchuameni uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. “Real” dastlabki uchta liga uchrashuvida g‘alaba qozonib, 9 ochko jamg‘argan.

Ma’lumot uchun, “Betis” — “Real Madrid” uchrashuvi 4-sentabr kuni Sevilyadagi “La Cartuja” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 5-sentabrga o‘tar kechasi soat 00:00da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting