locale OZ

“Real Madrid”, “Bavariya”, PSJ va APL klublari “Bornmut” vingeri uchun kurashmoqda

“Bornmut” o‘z futbolchisini sotishga shoshilmayapti va uning transfer narxini taxminan 85 million funt sterling etib belgilagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid”, “Bavariya”, PSJ va APL klublari “Bornmut” vingeri uchun kurashmoqda
Foto: Getty Images

Yevropaning bir qator top klublari “Bornmut” vingeri Rayanni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashni boshlab yubordi. The Sun xabariga ko‘ra, braziliyalik 19 yoshli futbolchiga “Real Madrid”, “Bavariya”, PSJ, shuningdek, Angliya Premyer-ligasining bir nechta yetakchi klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, Rayanning o‘tgan mavsumdagi yorqin o‘yinlari va Premyer-ligadagi muvaffaqiyatli debyuti skautlar e’tiborini tortgan. Ayniqsa, “Real Madrid” futbolchini hujum chizig‘i uchun istiqbolli transfer sifatida ko‘rmoqda, “Bavariya” va PSJ esa uning vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Qayd etilishicha, “Bornmut” o‘z futbolchisini sotishga shoshilmayapti va uning transfer narxini taxminan 85 million funt sterling etib belgilagan. Klub yosh iqtidorni kelajakdagi asosiy futbolchilardan biri deb hisoblamoqda.

Hozircha hech bir klub rasmiy taklif bilan chiqmagan. Biroq yozgi transfer oynasi yakuniga qadar Rayan uchun kurash yanada qizishi va Yevropaning top klublari o‘rtasida jiddiy raqobat yuzaga kelishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting