locale OZ

“Real Madrid” Arda Gyuler bilan yangi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi

Tomonlar kelishuvning barcha tafsilotlarini hal qilgan va endi faqat rasmiy jarayonlar hamda klub bayonoti qolgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real Madrid” Arda Gyuler bilan yangi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” yarim himoyachisi Arda Gyuler klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Tomonlar kelishuvning barcha tafsilotlarini hal qilgan va endi faqat rasmiy jarayonlar hamda klub bayonoti qolgan. Bu haqda Fabrizio Romano ma’lumotiga tayanib, FootballTransfers nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Gyulerning yangi shartnomasi 2032-yilning yoziga qadar amal qilishi kutilmoqda. Uning amaldagi kelishuvi 2029-yilgacha mo‘ljallangan edi. Yangi bitim doirasida 21 yoshli turkiyalik futbolchining maoshi ham sezilarli ravishda oshiriladi. Romano kelishuv “to‘liq yopilgan va tasdiqlanganini”, rasmiy e’lon sanasini esa “Real Madrid” belgilashini ta’kidlagan.

Arda Gyuler 2023-yilda “Fenerbahche”dan “Real Madrid”ga 28 million yevro evaziga transfer qilingan. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 51 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma amalga oshirdi. Hozirda futbolchi Joze Mourinyo jamoasining muhim futbolchilaridan biriga aylangan.

Ma’lumot uchun, Arda Gyuler “Real Madrid” safida barcha musobaqalarda jami 119 ta uchrashuv o‘tkazib, 19 ta gol va 28 ta golli uzatma qayd etgan. Joriy 2026/27 mavsumida esa u 7 ta rasmiy uchrashuvda 1 ta gol va 3 ta assist bilan hisobida turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting