locale OZ

“Real” Luka Modrich o'rniga kimni olib kelishi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” Luka Modrich o'rniga kimni olib kelishi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng jamoani tark etadigan Luka Modrichning o'rniga “Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandes va “Bayer” yarim himoyachisi Ekekyel Palasiosni olib kelmoqchi. Bu haqda Cadena Ser nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ispan grandi boshqaruviga kelishi kutilayotgan Xabi Alonso yuqori nomi tilga olingan argentinalik futbolchilarni jamoaga jalb qilishda hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin.

Qayd etilishicha, agar “Chelsi” Konferensiyalar Ligasi finalida “Betis”ga mag'lub bo'lib, Chempionlar Ligasiga yo'llanma ololmasa, “Real”ning Fernandesni qo'lga kiritish imkoniyatlari yanada ortadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting