\"Real\" \"Liverpul\"ning yana bir futbolchisini qo'lga kiritmoqchi
Photo: Getty Images
"Real" yozgi transfer oynasi vaqtida "Liverpul"ning yana bir futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.
Qayd etilishicha, madridliklar bu safar "Liverpul" a’zosi Ibrohim Konateni o‘z jamoasiga olib kelish ustida ishlamoqda. Hozirda klub uning atrofidagi voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Klub ushbu futbolchini 2026 yilda, shartnomasi yakuniga yetgach, bepul qo‘lga kiritishni rejalashtirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist