locale OZ

«Real» «Liverpul»ni tark etgan Ibraima Konate bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Tomonlar oʻrtasida 2031 yilgacha shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» «Liverpul»ni tark etgan Ibraima Konate bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Liverpul»ni tark etgan markaziy himoyachi Ibraima Konate bilan shartnoma imzolashga yaqin keldi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaning maʼlum qilishicha, 27 yoshli futbolchi 2031 yilgacha moʻljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi. Konatening yillik maoshi 10 million yevroni tashkil etadi.

AS nashrining taʼkidlashicha, fransiyalik futbolchi bilan shartnoma «4+1» tizimi (toʻrt yilga, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan) boʻyicha tuziladi.

31 may kuni «Liverpul» Konate bilan hamkorlik toʻxtatilganini eʼlon qilgan edi. Himoyachi mersisaydliklar safida 2021 yilning yozidan buyon toʻp surib kelayotgandi. Transfermarkt portali berayotgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting