«Real» La Liganing soʻnggi oltita oʻyinida uchinchi marta magʻlubiyatga uchradi
Madridning «Real» klubi Ispaniya La Ligasining 30-turida «Malyorka»ga imkoniyatni boy berdi (1:2). Ushbu mag‘lubiyat «qaymoqranglilar» uchun Ispaniya chempionatining so‘nggi oltita uchrashuvidagi uchinchi muvaffaqiyatsizlik bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, madridliklar avvalroq 25-turda «Osasuna»ga (1:2) va 26-turda «Xetafe»ga (0:1) ham yutqazib qo‘yishgan edi.
Ispaniya chempionatining 30 ta o‘yinidan so‘ng, «Real» 69 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Malyorka» esa ushbu g‘alaba evaziga xavfli hududni tark etib, 31 ochko bilan 15-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Navbatdagi turda Alvaro Arbeloa shogirdlari 10 aprel kuni o‘z maydonida «Jirona»ni qabul qiladi. «Malyorka» esa 12 aprel kuni «Rayo Valyekano»ga qarshi bahs olib boradi.