locale OZ

«Real» La Ligada ketma-ket yettinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi

Madrid klubi hozirda turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» La Ligada ketma-ket yettinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 23-turi doirasida «Valensiya»ni mag‘lub etgan Madridning «Real» klubi joriy mavsumdagi ketma-ket yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. «Real» va «Valensiya» o‘rtasidagi bahs kecha, 8 fevral kuni bo‘lib o‘tdi.

Valensiyadagi «Mestalya» stadionida kechgan uchrashuvni Xorxe Bueno Mateo boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Bahs mehmonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ispaniya chempionatining 23 ta turidan so‘ng «Real Madrid» 57 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Qaymoqranglilar» peshqadam «Barselona»dan atigi bir ochko ortda qolishmoqda.

Maʼlumot uchun, «Real» La Liga doirasidagi navbatdagi oʻyinini 14 fevral kuni «Real Sosedad»ga qarshi oʻtkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting