locale OZ

«Real» Konatening transferidan voz kechdi

Fransiyalik futbolchi bu mavsumda 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Konatening transferidan voz kechdi
ФОТО: Getty images

"Real" "Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate bilan shartnoma imzolamaydi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Avvalroq, Madrid klubi fransiyalik futbolchini kelasi yozda erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Qaymoqranglilar" rahbarlari "Liverpul"dagi hamkasblariga Konate transferidan manfaatdor emasliklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lum qilishgan.

“Liverpul” rahbariyati ham Konate bilan kelishuvni uzaytirishdan manfaatdor. Ammo tomonlar moliyaviy jihatdan kelisha olishmayapti.

Ma’lumot uchun, Konate joriy mavsum APLda 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting