locale OZ

«Real» Konate uchun asosiy daʼvorgarga aylandi, shuningdek, Dumfris nomzodi ham koʻrib chiqilmoqda

Madridliklar joriy yozda himoya chizigʻini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Konate uchun asosiy daʼvorgarga aylandi, shuningdek, Dumfris nomzodi ham koʻrib chiqilmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Liverpul»ni tark etgan markaziy himoyachi Ibrahoma Konate bilan shartnoma imzolash uchun asosiy daʼvogar boʻlib turibdi. «Qirollik klubi» bosh murabbiyligiga tayinlanishi kutilayotgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu ushbu futbolchining transferiga rozilik bergan. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan maʼlumotiga koʻra, «qaymoqranglilar» klubni tark etgan Daniel Karvaxalga oʻrinbosar sifatida «Inter»ning oʻng qanot himoyachisi Denzel Dumfris nomzodini koʻrib chiqmoqda. Milan klubi 30 yoshli futbolchini hamyonbop narxda sotishga tayyor.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Konate «Real» bilan yillik maoshi 10 million yevro boʻlgan va 2031 yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolashi haqida xabar berilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting