locale OZ

«Real» ketma-ket ikkinchi mavsum Chempionlar Ligasi yarimfinaliga chiqa olmadi

Madridliklar ikki oʻyin natijasiga koʻra «Bavariya»ga imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» ketma-ket ikkinchi mavsum Chempionlar Ligasi yarimfinaliga chiqa olmadi
FOTO: Getty Images

«Real» ketma-ket ikkinchi mavsumda Chempionlar Ligasining yarimfinaliga chiqa olmadi. Madrid klubi chorak finalda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Myunxenning «Bavariya» jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

Dastlabki uchrashuvda Germaniya klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, javob bahsida ham «Bavariya»ning qo‘li baland keldi — 4:3. O‘yin «Arena Myunxen» stadionida bo‘lib o‘tdi va unda Slavko Vinshich bosh hakamlik qildi.

O‘tgan mavsumda ham Madrid klubi aynan shu bosqichda Londonning «Arsenal» jamoasiga mag‘lub bo‘lib (0:3, 2:1), musobaqani tark etgan edi.

Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi «PSJ» hisoblanadi. O‘tgan yilgi finalda Fransiya klubi Milanning «Inter» jamoasini 5:0 hisobida tormor keltirgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting