«Real» ketma-ket ikkinchi bor magʻlubiyatga uchradi
Madridning «Real» klubi UEFA Chempionlar ligasining chorak final dastlabki uchrashuvida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va barcha musobaqalarda ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Bungacha «qaymoqranglilar» Ispaniya La Ligasining 30-turida «Malyorka» jamoasiga ham xuddi shunday — 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.
«Real» va «Bavariya» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 15 aprel kuni Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, madridliklar 1/8 final bosqichida «Manchester Siti»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:1 hisobida dog‘da qoldirishgan edi. Myunxenliklar esa ushbu bosqichda Italiyaning «Atalanta» jamoasi ustidan 10:2 hisobida g‘alaba qozonishgan.
Ichki chempionatdagi holatga to‘xtaladigan bo‘lsak, 30-turdan so‘ng «Real» 69 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Peshqadamlik 76 ochko jamg‘argan «Barselona» jamoasiga tegishli bo‘lib turibdi.