locale OZ

«Real» kelayotgan yozda Valverdeni sotib yuborishi mumkin

Jamoaning yulduz futbolchilari urugvaylik yarimhimoyachini jamoadan ketishini istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» kelayotgan yozda Valverdeni sotib yuborishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubida kiyinish xonasida katta obro‘ga ega bo‘lgan ba’zi futbolchilar jamoa rahbariyatidan yarimhimoyachi va sardor Federiko Valverdeni kelayotgan yozda sotib yuborishni so‘ramoqda. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, urugvaylik futbolchining sotilishi masalasi «qaymoqranglilar» rahbariyati uchun «juda nozik» mavzu hisoblanadi, bunga Valverdening «Real» bilan birga bosib o‘tgan uzoq va muvaffaqiyatli yo‘li sababdir.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni, 7 may sanasida mashg‘ulot vaqtida Valverde va yarim himoyachi Aurelian Tchuameni o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqani, u keyinchalik kiyinish xonasida mushtlashuvga aylanib ketgani ma’lum bo‘lgan edi. To‘qnashuv natijasida urugvaylik futbolchining boshi yorilgan va u shifoxonaga yetkazilgan edi. Har ikki o‘yinchi ham klub tomonidan 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting