locale OZ

«Real» kelasi yozda bir yoʻla olti nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Madrid klubi oʻz tarkibini yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» kelasi yozda bir yoʻla olti nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi kelgusi transfer oynasida o‘z tarkibiga bir yo‘la olti nafar futbolchini qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi ijarada ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan hujumchi Endrikni «Lion»dan ortga qaytarishni rejalashtirgan. Shuningdek, «qirollik klubi» hozirda «Komo» safida to‘p surayotgan o‘z tarbiyalanuvchisi Niko Pasni qayta sotib olish huquqidan foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, klubning kengaytirilgan ro‘yxatidan quyidagi futbolchilar joy olgan:

  • Devid Ximenes Korredor — klubning ikkinchi jamoasi o‘ng qanot himoyachisi;
  • Kes Smit — «AZ Alkmar» yarim himoyachisi;
  • Ibraima Konate — «Liverpul» himoyachisi;
  • Xakobo Ramon — hozirda «Komo»da o‘ynayotgan himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda «Real» transferlar uchun 164,5 million yevro sarflab, Din Heysen, Trent Aleksandr-Arnold, Alvaro Karreras va Franko Mastantuononi o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Ayni paytda jamoa La Liga turnir jadvalida 57 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting