locale OZ

«Real» Karvaxal oʻrniga Devid Ximenes variantini koʻrib chiqmoqda

34 yoshli himoyachining Madrid klubi bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Karvaxal oʻrniga Devid Ximenes variantini koʻrib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi kelasi mavsumda Daniel Karvaxalning o‘rnini bosish uchun yoshlar jamoasi himoyachisi Devid Ximenes Korredor nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

«Real» sardori Karvaxal va bosh murabbiy Alvaro Arbeloa o‘rtasidagi munosabatlar biroz yumshagan bo‘lsa-da, 34 yoshli himoyachining klubdagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Uning amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi va rahbariyat yangi bitim taklif qilishi borasida kafolat bermagan.

Klub rejasiga ko‘ra, kelasi mavsumda Trent Aleksandr-Arnold asosiy o‘ng qanot himoyachisi bo‘ladi, Devid Ximenes esa doimiy ravishda asosiy tarkibga o‘tkaziladi. Ximenesning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, yaqin oylar ichida tomonlar bitimni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Daniel Karvaxal 2013 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib keladi. U shu vaqtgacha 436 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 65 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Biroq joriy mavsumda u bor-yo‘g‘i 10 ta uchrashuvda qatnashdi va samarali harakatlar qayd etmadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting