locale OZ

«Real» Kamavinganing jarohati borasida ma'lumot berdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Kamavinganing jarohati borasida ma'lumot berdi
Photo: Getty Images

Madridning "Real" klubi yarimhimoyachi Eduardo Kamavinganing jarohati borasida bayonot berdi.

Qayd etilishicha, futbolchiga o'ng to'piq bo'g'imlari yorilishi tashhisi qo'yilgan. Jamoa vaziyatni nazoratda ushlab, 22 yoshli Kamavinganing salomatligi uchun qayg'urmoqda.

Fransiyalik xavbekning aniq tiklanish vaqti noma'lumligicha qolmoqda.

Ma'lumot uchun, Kamavinga o'tgan mavsum "Real" safida jami 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting