«Real» Kamavingani sotish uchun narx belgiladi
"Qaymoqranglilar" futbolchini sotishdan taxminan 100 million yevro ishlab olmoqchi.
ФОТО: Getty images
Eduardo Kamavinga Madridning "Real" klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Defensa Central nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "qirolic klubi" 23 yoshli yarim himoyachi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
"Qaymoqranglilar" futbolchini sotishdan taxminan 100 million yevro ishlab olmoqchi. "Real" fransiyalik futbolchining transferidan tushadigan mablag'ni jamoaning o'rta chizig'iga yangi futbolchilar sotib olishga sarflaydi.
Fransiyalik yarim himoyachi joriy mavsum "Real" safida 15 ta o'yinda ishtirok etdi. Kamavinga ikkita gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist