locale OZ

«Real» Joze Mourinioning bosh murabbiy sifatidagi rasmiy taqdimotini kechiktirdi

Madrid klubi portugaliyalik mutaxassisni matbuot va muxlislarga iyul oyida rasman tanishtirishni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Joze Mourinioning bosh murabbiy sifatidagi rasmiy taqdimotini kechiktirdi
photo: gettyimages

«Real» Joze Mourinioning bosh murabbiy sifatidagi rasmiy taqdimotini kechiktirdi.

Jurnalist Arancha Rodrigesning xabar berishicha, Madrid klubi portugaliyalik mutaxassisni matbuot va muxlislarga iyul oyida rasman tanishtirishni rejalashtirmoqda. Bu ma’lumotni insayder Fabritsio Romano ham tasdiqladi.

9 iyun kuni kechqurun Mourinio «Real» rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda jamoaning strategiyasi va ayrim futbolchilar masalasi muhokama qilingan.

15 million yevro evaziga «Benfika»dan kelayotgan yoshli mutaxassis faoliyatida ikkinchi marta «Real»ni boshqaradi. U 2010-2013 yillarda ham madridliklar ustozi bo‘lgan va o‘la davrda La Liga chempionligi, Ispaniya kubogi hamda superkubogini qo‘lga kiritgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting