«Real» Joze Mourinio jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qildi
Portugaliyalik mutaxassis 2029 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. Murabbiy jamoaga 13 iyul kunimavsumoldi tayyorgarlik boshlanadigan kunda qo‘shiladi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Redaktor
photo: gettyimages
«Real» Joze Mourinio jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qildi.
Portugaliyalik mutaxassis 2029 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. Murabbiy jamoaga 13 iyul kunimavsumoldi tayyorgarlik boshlanadigan kunda qo‘shiladi.
63 yoshli portugaliyalik o‘tgan mavsumda «Benfika»ni boshqardi. Endilikda «qirollik» klubida Alvaro Arbeloaning o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, «qaymoqranglilar» Joze uchun «burgutlar»ga 15 million yevro to‘laydi.
Mourinio avvalroq «Real»ni (2010-2013) boshqargan va klub bilan La Liga, Ispaniya Kubogi va Superkubogini yutgan. Shuningdek, u «Portu», «Chelsi», «Inter», «MYU», «Tottenhem» va «Fenerbaxche»da ishlagan.