locale OZ

«Real» Jeremi Jakeni diqqat bilan kuzatib bormoqda

Madridliklar himoya chizigʻini mustahkamlashni maqsad qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Jeremi Jakeni diqqat bilan kuzatib bormoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Renn» markaziy himoyachisi Jeremi Jake o‘yinini diqqat bilan kuzatmoqda. Klub 20 yoshli futbolchini bir necha bor skautlar orqali o‘rganib chiqqan. Bu haqda Madrid Universal xabar bermoqda

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qaymoqranglilar» Jakeni potensial xarid sifatida klubning yosh iste’dodlarni jalb qilish siyosatiga aynan mos tushishini hisoblashmoqda.

Joriy mavsumda Jake Liga 1 doirasidagi 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Futbolchining klub bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 12 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting