«Real» ilk bor YChL oʻyinini bironta ispan futbolchisiz boshladi
Madridning «Real» klubi Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvida Myunxenning «Bavariya»siga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda birorta ispan futbolchisiz boshladi. Bu poytaxt klubi tarixida ilk bor sodir bo‘lmoqda. Bu haqda Opta Sports xabar berdi.
Tahliliy portal ma’lumotlariga ko‘ra, bugun «Real» nufuzli yevrokubok turniridagi 515-o‘yinini o‘tkazmoqda.
Ta’kidlash joizki, «qaymoqranglilar» hujumchisi Braim Dias Ispaniya fuqaroligiga ega va mamlakatning yoshlar terma jamoalarida o‘ynagan, biroq yakunda Marokash milliy terma jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qilgan.
Dastlabki uchrashuvda «Bavariya» «Real» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Ma’lumot uchun, 1/8 final bosqichida madridliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Manchester Siti»ni 5:1 hisobida mag‘lub etishgan. Myunxenliklar esa xuddi shu bosqichda «Atalanta»ni umumiy 10:2 hisobida tormor keltirishgan.