locale OZ

«Real» Ibraima Konate transferini e’lon qildi

Konate “qaymoqranglilar” bilan 2030 yilning iyun oy oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” Ibraima Konate transferini e’lon qildi
ФОТО: Getty images

“Real” klubi matbuot xizmati fransuz himoyachisi Ibraima Konate erkin agent maqomida jamoaga o‘tganini e’lon qildi.

Bungacha futbolchi Angliyaning “Liverpul” klubida to‘p surgan edi. Konate “qaymoqranglilar” bilan 2030 yilning iyun oy oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, Konate yakshanba, 7 iyun kuni o‘z lavozimiga qayta saylangan klub prezidenti Florentino Peresning saylovoldi kampaniyasi paytida va’da qilingan transferlardan biri edi.

Hozirda Ibraima Konate Jahon chempionati — 2026 musobaqasida ishtirok etayotgan Frantsiya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting