«Real» Husanovni ijaraga olmoqchi — manba
Transfermarkt portali himoyachining qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
Фото: Getty Images
O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin.
Fichajes nashri xabariga ko‘ra, “qirolicha klubi” 21 yoshli futbolchini ijaraga olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
“Real” klubi qishda katta pul sarflamasdan himoyani kuchaytirishni maqsad qilgan. Husanov esa ularning barcha talablariga javob beradi.
Husanov joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Transfermarkt portali himoyachining qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist