«Real» hujumchisi «Arsenal»ga o‘tishi mumkin
“Real” hujumchisi Gonsalo Garsiya faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sportsboom nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “to‘pchilar” yozgi transfer vaqtida Gabriel Jezuzni sotib yuboradi. Klub uning transferidan 25 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.
Ingliz grandi rahbariyati braziliyalik futbolchining o‘rniga “Real”da doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Garsiyani taklif etishi mumkin. Garsiya uchun “kanonirlar” yagona da’vogar emas. “Nyukasl” ham Gonsaloni o‘z safida ko‘rishni istaydi.
Futbolchining “qirolicha klubi” bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda 22 yoshli forvard «qaymoqranglilar» safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.