«Real» himoyachisiga uch jamoa qiziqish bildirmoqda
Bu haqda jurnalist Anxel Garsiya xabar berdi.
ФОТО: Getty images
“Real Madrid Kastilya” o‘ng qanot himoyachisi David Ximenezga Segunda klublari — “Almeriya”, “Real Oviedo” va “Kadis” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Anxel Garsiya ma’lum qildi.
22 yoshli futbolchining asosiy jamoada muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi qiyin. Chunki bu pozitsiyada Trent Aleksandr-Arnold va yozda jamoaga qo‘shilgan Denzel Dyumfris bor.
Ximenez “Real” asosiy jamoasida 2025 yil dekabrida debyut qilgan. Uning shartnomasi yakunlanishiga bir yildan kam vaqt qolgan. Futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyoti uchun klubni tark etishi mumkin
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist