locale OZ

«Real» Gvardiolga qiziqmoqda

Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2028-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Gvardiolga qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Sportske Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga “Real” qiziqish bildirmoqda.

Madrid klubi futbolchini shu yozda transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Yoshko Gvardiol shu yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan “Chelsi”ga qarshi (1:1) o‘yinda o‘ng oyog‘ining katta boldir suyagi sinishi jarohatini olgan edi.

Xorvatiyalik futbolchi operatsiya qilindi. Yaqindagina futbolchi individual dastur bo‘yicha mashg‘ulotlarga qaytdi. Gvardiol 2023-yilda “RB Leypsig”dan “Manchester Siti”ga 90 million yevro evaziga o‘tgan.

Uning shartnomasi 2028-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda xorvatiyalik “shaharliklar” safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting