locale OZ

«Real» Gonzalo Garciyaga narx belgiladi

Futbolchi Madrid klubini tark etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Gonzalo Garciyaga narx belgiladi
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi 22 yoshli hujumchisi Gonzalo Garciyani yozgi transfer oynasida sotishga tayyor.

As nashrining xabariga ko‘ra, “qirolicha klub” futbolchiga qiziqish bildirgan Italiya klublaridan biriga 60 million yevrolik talab qo‘ygan.

Dortmundning “Borussiya” klubi ham futbolchi uchun kurashga qo‘shilgani aytilmoqda. Biroq “arilar” taklif qilayotgan 30 million yevro Madrid klubining talablariga mos kelmayapti va hozirda muzokaralar to‘xtab qolgan.

Ma’lumot uchun, Gonzalo Garciya joriy mavsumda La Liga doirasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U har bir o‘yinda o‘rtacha 27 daqiqa harakat qilib, o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting