«Real» Enzo Fernandes bilan kelishuvga erishdi
Madridning «Real» klubi «Chelsi» va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enzo Fernandes bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar 2032-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma shartlari bo‘yicha prinsipial kelishuvga kelib olishgan. Fernandesning o‘zi ham London klubini tark etib, «Qirollik klubi» safiga o‘tishga qiziqish bildirmoqda. Boshqa bir insayder Matteo Moretto ham argentinalik futbolchi «Real»ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi ekanligini tasdiqladi.
«Chelsi» o‘z yetakchisi uchun 138 million yevro talab qilayotgani aytilmoqda. Ta’kidlash joizki, o‘tgan mavsumda Fernandes barcha musobaqalarda 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchini 90 million yevroga baholamoqda.