locale OZ

“Real” Endrikni “Liverpul”ga qo‘yib yubormadi

Ingliz klubi braziliyalik futbolchi bo‘yicha madridliklar bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer shartlarini so‘ragan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” Endrikni “Liverpul”ga qo‘yib yubormadi
Foto: Getty Images

“Liverpul” “Real Madrid” hujumchisi Endrikni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi braziliyalik futbolchi bo‘yicha madridliklar bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer shartlarini so‘ragan.

“Liverpul” Endrikni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish yoki katta summa evaziga to‘liq transfer qilish variantlarini muhokama qilishga tayyor bo‘lgan. Biroq “Real” rahbariyati bu takliflarni ko‘rib chiqishni istamagan va futbolchini qo‘yib yuborishdan bosh tortgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real” prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Joze Mourinyu 20 yoshli hujumchining jamoada qolishini istamoqda. Endrikning o‘zi ham Madridni tark etishni rejalashtirmayapti va asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurashmoqchi.

Ma’lumot uchun, Endrikning “Real Madrid” bilan shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. Braziliyalik hujumchi 2026-yilning birinchi yarmini “Lion”da ijara asosida o‘tkazgan, so‘ng Madridga qaytgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting