“Real” Endrikni ijaraga berishga tayyor — manba
“Real Madrid” braziliyalik hujumchi Endrikning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi. Madrid klubi 20 yoshli futbolchini 2027-yil yanvaridagi transfer oynasida ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Endrikning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyunigacha mo‘ljallangan. Futbolchining transfer qiymati esa taxminan 40 million yevroga baholanmoqda. Hozircha uning qaysi klubga o‘tishi mumkinligi haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Braziliyalik hujumchi o‘tgan mavsumni ijara asosida Fransiyaning “Lion” klubida o‘tkazdi. U Liga 1 doirasida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Endrik “Real Madrid”ga Braziliyaning “Palmeyras” klubidan kelib qo‘shilgan. Madridliklar futbolchining rivojlanishi va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun yana bir ijara variantini ko‘rib chiqmoqda.