«Real» Endrik bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi
Endrikning "Real" bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
Braziliyalik hujumchi Endrik yanvar oyida "Real"ni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi 20 yoshli forvardni ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Endrikning "Real" bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi ijara asosida Fransiyaning "Lion" klubi safida to‘p surdi. U Liga 1da 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.