locale OZ

«Real» «Emirates» aviakompaniyasi bilan shartnomani yangilashga yaqin turibdi

Amaldagi kelishuv 30 iyunga qadar amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» «Emirates» aviakompaniyasi bilan shartnomani yangilashga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Emirates» aviakompaniyasi bilan shartnomani yangilashga yaqin turibdi. Hozirgi kelishuv yiliga 70–80 million yevro atrofida baholanadi, yangi kontrakt esa futbolkalar reklamasiga joylash uchun yiliga 100 million yevrodan oshishi kutilmoqda. Amaldagi shartnoma 30 iyunga qadar amal qiladi va tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi AS.

Bundan tashqari, «Real» «Adidas» bilan ham katta homiylik kelishuvi bo‘yicha shartnomani ko‘rib chiqmoqda. Bu borada shoshqaloqlik qilinmayapti, chunki amaldagi kelishuv 2029 yilgacha mo‘ljallangan, ammo tomonlar uni yangilash va hamkorlik shartlarini qayta ko‘rib chiqish masalasini muhokama qilgan. Aytishlaricha, hozirgi shartnoma yiliga 120 million yevro atrofida baholanadi va bu summa oshirilishi, shuningdek, kelishuv muddati uzaytirilishi mumkin.

«Real» klubi homiylik daromadlarini yiliga 300 million yevro darajasiga yetkazishni maqsad qilgan. Nashr qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar futbolkalar reklamasidan tushadigan daromad bo‘yicha yetakchilik qilmoqda — yiliga taxminan 260 million yevro. Ularni «Manchester Siti» va «Barselona» ta'qib qilib bormoqda, har ikkalasi ham 200 million yevrodan oshadi, so‘ngra «Manchester Yunayted» va «PSJ» kelmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting