«Real» dunyodagi eng qimmat futbol klubi deb topildi
“Real” dunyodagi eng qimmat futbol klubi deb topildi. Bu haqda Sportico nashri xabar berdi.
Tadqiqot mualliflari klublarning moliyaviy hisobotlari va taxminiy ko‘rsatkichlari, brend qudrati, jamoalarning iqtisodiy holatiga tayanib ish olib borishgan. Shuningdek, klublar moliyasiga aloqador shaxslar bilan ham suhbatlashishgan.
Eng qimmat 20 ta jamoa ro‘yxati quyidagicha:
1. “Real” – 7,7 milliard dollar;
2. “Barselona” – 6,65 milliard;
3. “Manchester Yunayted” – 6,47 milliard;
4. “Bavariya” – 5,78 milliard;
5. “Liverpul” – 5,74 milliard;
6. “Manchester Siti” – 5,7 milliard;
7. “Arsenal” – 5,43 milliard;
8. “PSJ” – 5 milliard;
9. “Chelsi” – 4 milliard;
10. “Tottenhem” – 3,5 milliard;
11. “Atletiko” – 2,5 milliard;
12. “Borussiya D” – 2,17 milliard;
13. “Yuventus” – 1,84 milliard;
14. “Milan” – 1,66 milliard;
15. “Inter” – 1,62 milliard;
16. “Inter Mayami” – 1,45 milliard;
17. “Los-Anjeles” – 1,4 milliard;
18. “Los-Anjeles Gæleksi” – 1,17 milliard;
19. “Atlanta Yunayted” – 1,14 milliard;
20. “Nyu-York Siti” – 1,12 milliard.